

Bugun Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ertaga “So'g'diyona”ga qarshi kechadigan nazorat uchrashuvidan keyin ikkinchi yig'in yakuniga etadi. Tarkibda o'zgarishlar yo'q.
“So'g'diyona” biz uchun noqulay raqib sanaladi. O'tgan yili o'tkazilgan to'rtta uchrashuvning barchasida jizzaxliklarning qo'li baland kelgan.
O'ylaymizki, bu yil ushbu noxush anana barham topadi. Bu borada jamoamizga omad tilab qolamiz.
Ayni damda barcha futbolchilarning kayfiyati a'lo darajada. Barcha yangi mavsumga yuqori kayfiyatida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Shuningdek, kecha jamoamiz vakillari O'zbekiston Futbol Federatsiyasi, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi, FIFA va OFK tomonidan tavsiya etilgan Halol futbolni himoya qilish deklaraciyasiga imzo chekishdi.



