“Qo'qon-1912” darvozaboni “Turon”da

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022, 11:48
PRO-Liga ishtirokchisi “Turon” jamoasi ayni damda o'z qarorgohida yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

Murabbiylar shtabi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarni jamoaga taklif etmoqda. Xususan, yaypanliklar yig'iniga kuni-kecha Xurshid Xodjaev borib qo'shilgan. 

Oxirgi yillarni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgan tajribali darvozabon katta extimol bilan joriy mavsumni “Turon”da o'tkazadi.  

Bundan biro avval “Qo'qon-1912” darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanov aynan “Turon”ga ko'chib o'tgandi. Bundan chiqdiki, Andrey Borisovich yangi jamoasiga o'zi yaxshi bilgan posbonni ham taklif qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia