"Qo'qon-1912": "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2017, 07:22
Qisqa muddatli tatilga chiqqan "Qo'qon-1912" futbolchilari yana mashg'ulotlarga kirishishdi.

Oliy liganing navbatdagi turini "Qo'qon-1912"  jamoasi safarda "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Jamoa bu uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkent shahrida  o'tkazishadi. Futbolchilar kechadan poytaxtda yig'ilishdi va bosh murabbiy No'mon Hasanov ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonlarda bo'lib o'tadi. 2 noyabr kuni jamoa a'zolari Toshkentdan Buxoroga yo'l olishadi.

Eslatib o'tamiz "Buxoro" - "Qo'qon-1912"  jamoalari o'rtasidagi o'yin 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz