"Qo'qon-1912" 27 yildan so'ng bunday natijani qayd etdi

Khoja
27 apr 2025, 10:43
Superliganing 7-turida "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlar 1-0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa jamoalar Superliga doirasida 25 yildan so'ng to'qnash keldi.  "Shunqorlar" esa o'z maydonida 27 yildan keyin "Xorazm"ni taslim etdi. Jamoa oxirgi marta elitada 1998 yil Qo'qonda raqibidan ustun kelgan edi. 

Ma'lumot uchun,  "Qo'qon-1912" navbatdagi uchrashuvini 2 may kuni Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.  "Xorazm" esa shu kuni "Nasaf" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia