

Ma'lumotlarga ko'ra, Nil Suorbik ushbu yozda iste'foga chiqadi. 57 yoshli referi 11 fevral kuni "Vest Xem" - "Chelsi" (1:1) o'yinida VAR hakami vazifasini bajargan. Ushbu uchrashuv oxirida Suorbik bosh hakam Kreyg Pousonga "Chelsi" darvozasiga penalti belgilamaslikni maslahat bergan.
Oldinroq, "Brentford" - "Arsenal" bahsida "to'pchilar" darvozasiga penalti belgilamay, xato qilgan Li Meyson iste'foga chiqqan edi.



