“Qizilqum”ning safardagi mag'lubiyatlari soni 10taga etdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 17:24
Zarafshonning “Qizilqum” klubi o'tgan turni Farg'onada “Neftchi”ga qarshi o'tkazib 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Yuriy Lukin shogirdlari safarda kechgan 10-o'yinda ham mag'lub bo'lishdi. “Qizilqum” bu mavsum safarda ochko ololmagan yagona klub bo'lib turibdi.

O'tgan mavsumda klub safardagi 13ta o'yindan 8 ochko jamg'argan edi (2ta g'alaba, 2ta durang va 9ta mag'lubiyat).

Zarafshon klubi oxirgi marta safarda o'tgan yil 25 iyun kuni “Lokomotiv”ni mag'lub etgandi (1:0). Shundan so'ng safarda bo'lib o'tgan 16ta o'yinda “Qizilqum” 16 marta mag'lub bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia