"Qizilqum"da nima gaplar?

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2022, 22:06
Jamoa 11 yanvardan beri Navoiyda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning mazkur yig'inida yangi futbolchilardan Javohir Ilyosov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Orifxo'ja Abduxoliqov, Shuhrat Muhammadiev, Sanjar Shoahmedov, Bobur Yo'ldoshev ishtirok etmoqda. Klub bu futbolchilar bilan kelishuvga erishgan. 

Avvalroq jamoaga serbiyalik futbolchi Aleksandar Stanisavlevich kelayotgani haqida ma'lum qilgan edik.

Yangi murabbiy bilan tez kunda kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Bu haqda yana xabar beramiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia