"Qizilqum"da Abramov emas, xorijlik murabbiy ishlaydi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2022, 12:10
Yangi mavsum Navoiyning "Qizilqum" klubida yangi bosh murabbiy ish boshlashi haqida xabar bergandik.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Navoiy klubi Vadim Abramov nomzodini ko'rib chiqmayapti va e'tibor xorijlik mutaxassislarga qaratilgan.

Tez kunlarda "Qizilqum"da chet ellik murabbiy ish boshlashi kutilmoqda. Oldinroq ma'lum qilinganidek, Hamidjon Aktamov klubda qoladi va bosh direktor sifatida ishlaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia