
"Uchrashuv juda qiyin bo'ldi. "Qizilqum" jamoasini bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. Ayniqsa bugungi raqibimiz darvozaboni va himoyachilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Qolaversa mahalliy muxlislar ham bugun o'z jamoasini yaxshi qo'llab turishdi, shuningdek Qarshidan ham bizning jamoamiz muxlislari tashrif buyurishib, bizga dalda bo'lishdi, buning uchun ularga jamoamiz nomidan tashakkur izhor etaman. Ammo biz raqibimizga nisbatan jismoniy tayyorgarligimiz va o'yinchilarimizning tajribasi evaziga, kichik hisobda bo'lsada g'alaba qozonishga erishdik",-deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Endi "Nasaf"ni sovrinli o'rinlar uchun kurashishi yaqqol ma'lum bo'ldi, aytingchi "Nasaf" bu yil chempionlik uchun kurashadimi?
- Hali chempionat davom etmoqda, oldimizda ancha o'yinlar bor, albatta har bir imkoni bor jamoa bunday maqsaddan mustasno emas. O'z o'rnida biz ham harakat qilayapmiz va harakat qilaveramiz, chempion bo'lish bizning eng katta orzuimiz. Biz uchun hozirgi paytdagi eng asosiy maqsad oldimizda turgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o'tkazish va yaxshi natijalarni qo'lga kiritish. Joriy chempionatda ko'pchilik yoshlarga tayangan jamoamiz o'z o'yinini topish uchun juda ko'p ter to'kishga to'g'ri keldi. O'ylaymanki ana shu og'ir mehnatlar evaziga o'zimizni ichki imkoniyatdan kelib chiqib, jamoamizni shakllantira oldik, bu jarayon to'xtagani yo'q. Hali ko'zga ko'rinmagan, ko'zlari yonib turgan yoshlarimiz juda ko'p, umid qilamanki kelgusida ular ham jamoada o'z o'rinini topib olishadi. Biz o'z yo'limizda davom etaveramiz.
Shundan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi S.Lukin o'z fikrlarini bayon qildi.
"Avvalo mehmon jamoani bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Qarshining "Nasaf" jamoasi bizga nisbatan katta tajribaga ega ekanliklarini bugun yana bir marta namoyish qildi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Stadionda yig'ilgan muxlislar bugun o'yinchilarimiz ishtirokidagi yaxshi o'yinni guvohi bo'lishdi. Umid qilamanki bunday o'yinlarni jamoamiz muxlislari ko'plab ko'rishadi",- deydi "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi.
- Davralar oralig'ida jamoaga ko'plab tajribali o'yinchilar taklif etilib, ko'rikdan o'tishdi. Ammo ularni nega jamoada olib qolmadingizlar?
- Bu savolga men javob bera olmayman, sababini mendan ko'ra klubimiz rahbarlari yaxshi bilishadi.