"Qizilqum": Hamidjon Aktamovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
10 okt 2014, 11:28
Bugun “Qizilqum” professional futbol klubi Ijrochi direktori Hamidjon Aktamovning tavallud topgan kunlari.
Fursatdan foydalanib, futbol klubi mamuriyati, jamoaning barcha a'zolari hamda ko'psonli muxlislari nomidan Hamidjon G'ulomovichni qutlug' o'ttiz etti yoshlari bilan muborakbod etamiz. Haqiqiy futbol fidoyisi va tinib-tinchimas bu insonga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz.

Qisqa fursatda Navoiy viloyatida raqobatbardosh jamoa tashkil qilib, ishqibozlarga millionlar o'yinining quvonchi va hayajonlarini armug'on etib kelayotgan Hamidjon G'ulomovichga xayrli ishlarida faqat omad yor bo'lsin!

Shu o'rinda, taniqli adib Obiddin Mahmudovning quyidagi misralarini Hamidjon Aktamovga bag'ishlaymiz:

Ey, aziz umr! Sen ulkan nematsan, ulkan imkoniyatsan va qanchalik g'animatsan!

Ishonamizki, Sizning rahbarligingizda “Qizilqum” jamoasi kelajakda nafaqat Navoiy viloyati, balki o'zbek futboli dovrug'ini xalqaro maydonlarda ham yuksaltirishga o'z hissasini qo'shadi. Ana shunday muvaffaqiyatlarni birgalikda nishonlash barchamizga nasib etsin.

Tavallud ayyomingiz yana bir bor muborak bo'lsin, Hamidjon G'ulomovich!!!

  “Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz