"Qizilqum" futbolchisi Stanislavlevich: "Lokomotiv" bilan o'yindagi g'alabaning qadri mavsum oxirida bilinadi"

Iskandarov Abdulaziz
5 mar 2022, 18:01
Nikola Lazarevich murabbiyligidagi "Qizilqum" mavsumni g'alaba bilan boshladi.

Olmaliqda "Lokomotiv" raqiblik qilgan o'yinda navoiyliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Jamoaning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Aleksandar Stanislavlevich uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Birinchi o'rinda g'alabani raqibga bermaganimizdan xursandman. Mavsumning boshida juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ushbu ochkoning qadri mavsum oxirida bilinadi. "Lokomotiv" bilan o'yinning boshidan qaynoq kurash kechdi. Raqibga yaxshi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. 

Albatta O'zbekiston chempionatidagi debyutimda gol urishim yoqimli. Lekin bu men uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Jamoaviy natija hamma narsadan ustun sanaladi. Bir narsani aytishim kerakki, jamoada ichki muhit a'lo darajada. Klubga kelgan paytimdanoq chiqishib ketdik. O'zimni uyimdagidek his qilmoqdaman. Bu omil o'z-o'zidan maydondagi harakatlarimizning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda",- deydi serbiyalik yarim himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia