“Qizilqum” bugun “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 01:37
Ikkinchi davraga poytaxtimizda hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari bugun, 16 iyul kuni yig'in daomidagi ilk nazorat uchrashuvini “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Uchrashuv soat 18:30 da boshlanadi.

Kecha jamoamiz a'zolari rejaga muvofiq “Bunyodkor” futbol maktabiga qarashli maydonda navbatdagi mashg'ulotlarni o'tkazishdi.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, Azamat Allaniyazov, Vohid Shodiev, Azizbek Usmonov, darvozabon Umidjon Xonimqulov, ukrainalik legioner Andrey Derkach rasman jamoa bilan xayrlashishdi.

Quyida jamoamizning kechagi mashg'ulotlaridan fotojamlanmani tomosha qilishingiz mumkin:









O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcqizilqum.uz