Qirg'iziston biz durang o'ynagan Suriyani mag'lub etdi, lekin...

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2018, 22:28
Bundan bir necha daqiqa avval Bishkek shahrida Qirg'iziston va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Dolen Omurzakov nomli stadionda o'tgan o'yin biroz kutilmaganda mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Bunga Suriya terma jamoasi ikki futbolchisining maydondan chetlatilgani ham sabab bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz 6 sentyabr kuni "Milliy" stadionida Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Qirg'iziston FIFA reytingida 91, Suriya esa 73-o'rinni egallab turibdi. 

Ma'lumot uchun, Qirg'iziston terma jamoasi 5 yanvardan 1 fevralga qadar BAAda o'tkaziladigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi.  Yon qo'shnilarimiz Xitoy, Janubiy Koreya va Filippin terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan. 

O'rtoqlik o'yini

Qirg'iziston - Suriya - 2:1 (0:0)

Gollar: Jirgalbek uulu Qayrat, 77, Saginbaev, 88 - Omar Al Soma, 81 (penaltidan)

Qirg'iziston: Pavel Matyash, Mustafa Yusupov, Kursanbek Sheratov, Sherzot Shakirov, Edgar Bernxardt (Sidorenko, 90), Daniel Tego, Jirgalbek uulu Qayrat (Akmatov, 90+6), Ernist Batirkanov (Abduraxmanov, 70), Baxtiyar Duyshobekov, Farxat Musabekov i Axlidin Israilov (Saginbaev, 68).

Chetlatish: Mahmud Al Mavas, 78, Suriya futbolchisi, 88.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sport.kg