Qatar terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Абдулвосит Бектемиров
8 iyun 2025
Xulen Lopetegi boshchiligidagi Qatar terma jamoasi Toshkent shahriga yetib keldi.

Xabaringiz bor, 10 iyun sanasida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tadi. BAA safaridan O'zbekiston milliy terma jamoasi bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordi. Amaldagi Osiyo chempionlari esa bir necha soat avval Toshkentga yetib keldi.


Avvalroq xabar berganimizdek, Qatar terma jamoasi safida ikki nafar o'zgarish ro'y berdi. Ikki nafar himoyachi Nabil Erfan va Mohammed Ayash terma jamoaga chaqirilgan edi.



O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Qatar terma jamoasi safida o'zgarish 

Qatar terma jamoasi bugun Toshkentga keladi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar