Qarshida “Barkamol avlod-2017″ futbol musobaqalari davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017, 14:06
Qarshi shahridagi “Geolog” majmuasi va “Nasaf” futbol maktabi futbol maydonlarida “Barkamol avlod-2017” futbol musobaqasining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqaga  14 ta jamoa qur'a natijasiga ko'ra, to'rt guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishdi.

Ko'tarinki ruhda o'taetgan mazkur  musobaqada Nurali Sultonov boshchiligidagi Qashqadaryo viloyat terma jamoasi dastlabki tur uchrashuvlarini Qoraqalpog'iston termasiga  qarshi o'tkazdilar. Vohalik yoshlar  o'z tengqurlarini  yirik 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Musobaqa mezbonlari kecha ikkinchi uchrashuvda ancha mazmunli harakat qilishdi. Jizzax viloyati terma jamoasi  bilan bo'lgan bahsda yoshlarimiz 4:0 hisobida zafar quchishdi. Qashqadaryolik yosh futbolchilar  “B” guruhida  6 ochko bilan karvonboshlik qilmoqda. Bugun  3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda terma jamoamiz  Andijon viloyati jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.

“A” guruhi: Toshkent, Xorazm, Namangan, Qoraqalpog'iston

"B" guruhi: Qashqadaryo, Jizzax, Andijon

"C" guruhi: Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo

"D" guruhi: Toshkent viloyati, Navoiy, Farg'ona
   

  1-TUR 28 mart (Seshanba)

  “A” guruhi  “B” guruhi


Xorazm – Namangan  0-0  Qashqadaryo – Qoraqalpoqiston  5-0

Jizzax – Andijon  1-2

  “S”  gurux  “D” gurux   

Samarqand – Buxoro 0-0  Toshkent viloyati- Surxondaryo  3-0

Navoiy-Farg'ona 0-1

   

  2-TUR 29 mart (Chorshanba)

  “A” gurux  “B” gurux


Toshkent – Xorazm  3-2  Qashqadaryo – Jizzax  4-0

Qoraqalpoqiston – Andijon  0-1

  “S”  gurux  “D” gurux   

Sirdaryo – Samarqand  0-1  Toshkent viloyati – Navoiy  3-1

Surxondaryo – Farg'ona 0-3



Bugun 3-tur bahslariga start beriladi  “A” va “D” guruxdagi jamoalar o'rtasidagi  o'zaro uchrashuvlar  “Geolog” mujmuasida  o'tkazilsa  “B”  “S” guruxida joy olgan jamoalar  esa “Nasaf” futbol maktabidagi sun'iy qoplamali futbol  maydonida  bahslarga kirishadi.   

  Barcha uchrashuvlar soat  9:00  11:00  13:00 da boshlanadi:

  3-TUR 30 mart (Payshanba)

  “A” gurux  “B” gurux


Namagan – Toshkent  Andijon – Qashqadaryo

Jizzax – Qoraqalpoqiston

  “S”  gurux  “D” gurux   

Buxoro – Sirdaryo  Farg'ona – Toshkent viloyati

Navoiy – Surxondaryo

Bugun bo'lib o'tgan Qashqadaryo va Andijon viloyati terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda vohalik futbolchilar 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Faxriddin Choriev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia