"Qadrdonim, shuni aytishim mumkinki, sen bu yerda afsona eding..." - Benzema Varan bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 01:40
Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema "Manchester Yunayted"ga o'tgan himoyachi Rafael Varan bilan xayrlashdi.

"Qadrdonim, shuni aytishim mumkinki, sen bu yerda afsona eding... men seni sog'inaman. Senga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. 

Shu paytgacha nimani qo'lga kiritgan bo'lsang, barchasiga loyiqsan, bundan-da ko'prog'iga erishishingga tilakdoshman" ", – deb yozadi fransiyalik.

Eslatib o'tamiz, Varan 50 million evro evaziga "Manchester Yunayted" a'zosiga aylandi. Himoyachining Angliya jamoasi bilan kelishuvi 4 yilga mo'ljallangan bo'lib, unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish mumkinligi ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana