Pyanichga kutilmagan xaridor da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
21 iyun 2018, 13:50
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga yana bir xaridor bor.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, 28 yoshli xavbekning xizmatlariga "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Aristokrat"lar uni Sesk Fabregasning o'rniga olib kelishi mumkin.

O'tgan mavsumda Pyanich "Yuventus" tarkibida 44 uchrashuvda qatnashdi va 7 gol urib, 14 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport