Pyanich va Dest umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi

Alisher
13 fev 2021, 09:50
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich va himoyachi Serjino Dest umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Bosniyalik futbolchi bugun bo'lib o'tadigan "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Amerikalik futbolchi esa CHL 1/8 final doirasidagi PSJ (16 fevral)ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda, ammo u ham La Liga doirasida o'ynashi mumkin.

Kataloniyaliklarning lazaretida Serji Roberto, Martin Breytueyt, Filippe Koutino, Ronald Arauxo, Jerar Pike va Ansu Fati qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca