Pulishich ushbu yozda "Chelsi"dan ketmoqchi emas

Alisher
5 iyul 2022
Yarim himoyachi Kristian Pulishich ushbu yozda "Chelsi"dan ketmoqchi emas.

Oldinroq, 23 yoshli amerikalikning "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt borasidagi bitimga kirishi mumkinligi aytilgan edi.

Pulishich o'tgan mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Uning London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali 42 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail