Puch: "Pike "Barsa"ga bolalikdan muxlislik qiladigan barcha kataloniyaliklar uchun namuna"

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022, 17:55
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi, hozirda MLS'ning "Los-Anjeles Gelaksi" jamoasida to'p tepayotgan Riki Puch himoyachi Jerar Pikening faoliyatini yakunlayotganiga munosabat bildirdi.

"Men bu yillar uchun Pikega rahmat aytmoqchiman. U "Barselona"ga bolalikdan muxlislik qiladigan barcha kataloniyaliklar uchun namuna. Jerar ularga ko'p quvonchli daqiqalarni olib keldi. U faoliyatini yakunlayotganidan afsusdamiz. Sizga omad tilab, tez orada uchrashguncha deb qolaman", – dedi xavbek.

Pike – "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Jerar 2008 yildan beri "ko'k-anorranglilar" asosiy jamoasida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ​Marca