Puch: "Hayotimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim"

Sherzod Nurmatov
18 avg 2022
Ispaniyalik futbolchi to'g'ri qarorga kelganiga ishonmoqda.

"Los-Anjeles Gelaksi" yarim himoyachisi Riki Puch Amerika klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Men kelishimdan oldin klub vakillari bilan Zoom orqali gaplashdim. Ular menga kerakli narsani berishdi – muhabbat va ishonch. Menga qaror qabul qilish uchun 2 kun kerak bo'ldi va men shu yerdaman. Hayotimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim", – dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli yarim himoyachi shu yozda erkin agent sifatida "Barselona"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo