“PSJ” Nike bilan hamkorligini uzaytirib, yiliga 30 million evro olishi mumkin

9 okt 2013, 14:28
“Pari Sen-Jermen” Nike kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Le Parisien.

8-10 yilga mo'ljallangan yangi shartnomaga binoan, parijliklar turli xildagi bonuslarni qo'shib hisoblaganda, yiliga 30 million evrogacha mablag'ga ega bo'lishadi.

“PSJ”ning Nike kompaniyasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi bo'yicha klub yiliga 6.5 million evro olardi.

Avval berilgan xabarlardi, PSJ Nike kompaniyasi taklifini rad etib, Adidas yoki Puma kompaniyalarining biri bilan shartnoma tuzishi aytib o'tilgan edi.


Manba: sports.ru