

Filipp Koku PSV klubi bilan 2019 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, Koku 2013 yildan buyon PSV jamoani boshqarib kelmoqda. Shuningdek, Filipp Koku futbolchilik faoliyati davomida ham ikki marta (1995-1998, 2004-2007) PSV jamoasi sharafini himoya qilgan.
Koku PSV bosh murabbiyi sifatida jamoani Gollandiya chempioni, mamlakat kubogi sohibi qildi va YCHL musobaqasida 1/8 final bosqichiga qadar olib bordi.



