PSJning YCHLdagi qaydnomasidan 2 futbolchi olib tashlandi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2020, 20:09
Bu haqda UEFA tasmiy sayti xabar bermoqda.

Parijliklarning musobaqaga taqdim etgan futbolchilar ro'yxatidan 30 iyun kuni klub bilan shartnomasi tugagan hujumchi Edinson Kavani hamda erkin agent sifatida “Borussiya D”ga o'tgan himoyachi Toma Mene olib tashlangan.

Ularning o'rniga esa qaydnomaga Mitchel Bakker va Erik Shupo-Moting kiritildi.

Eslatib o'tamiz, PSJ YCHL chorak finali doirasida 12 avgust kuni Lissabonda “Atalanta” bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: УЕФА