PSJning besh futbolchisi "Lill"ga qarshi o'ynamaydi

Оқил Абдубарноев
5 fev 2022, 19:11
PSJning bir qancha futbolchilari sog'lig'idagi muammolar tufayli Fransiya chempionati 23-turi doirasida "Lill"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Hujumchi Neymar va himoyachi Serxio Ramos hamon jarohatlaridan forig' bo'lishmagan.

Braziliyalik forvard yana ikki kun zalda shug'ullanadi, shundan so'ng u umumiy guruhda qisman shug'ullanishi mumkin bo'ladi. Ramos keyingi hafta o'rtalarida to'liq mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.

Shuningdek, turli jarohatlar tufayli hujumchi Mauro Ikardi, yarim himoyachi Jorjino Veynaldum va darvozabon Keylor Navas ham maydonga tusha olmaydi.

PSJ 7 fevral, yakshanba kuni "Lill"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: psg.fr