PSJning 2 forvardi jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2019, 22:15
PSJ ustozi Tomas Tuxel klub hujumchilari Kilian Mbappe hamda Mauro Ikardining sog'aygani haqida aytdi.

Mbappe hamda Ikardi jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishdi va ular o'ynashga tayyor, – deydi Tuxel.

Parijliklar lazaretidan joy olgan yana bir forvard Edinson Kavani esa tiklanish jarayonlarini olib bormoqda. PSJ Fransiya chempionati doirasidagi 8-tur o'yinini ertaga, 28 sentyabr kuni Bordoga qarshi safarda o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_English