PSJ yana bir talant uchun kurashga qo'shildi

Khoja
2 iyun 2025
PSJ “River Pleyt”ning argentinalik iqtidor sohibi Franko Mastantuononi transfer qilish borasida faol muzokaralar olib bormoqda.

Parijliklar futbolchining vakillari bilan bir necha haftadan beri munozaralar davom etmoqda.

Hozircha kelishuvga erishilgani yo'q, ammo parijliklar yosh yarim himoyachiga ham qiziqish bildirayotgan Yevropaning bir qator yetakchi klublarini mag'lub etishlariga ishonmoqda.

Futbolchining Argentina jamoasi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 15 million evroga baholagan. 17 yoshli Mastantuono “River Pleyt” safida 19 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru