PSJ Xolandga ko'z tikmoqda

Tolibjon Qosimov
20 may 2020, 17:06
"Borussiya D" hujumchisi Erling Xolandga Fransiyaning PSJ klubi ham qiziqib qoldi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.

Parijliklar 19 yoshli norvegiyalikka Neymar va Kilian Mbappe klubni tark etishga qaror qilgan taqdirda ularning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. Xolandga asosiy da'vogar sifatida esa "Real" tilga olinmoqda, lekin ular Erlingni 2022 yildan oldinroq sotib olisholmaydi. "Qirollik klubi" norvegiyalik to'purar bilan birga Mbappeni ham qo'lga kiritishmoqchi.


Eslatib o'tamiz, Erling Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com