PSJ va MYUga koreyalik futbolchi kerak

Mirjalol Normatov
19 may 2023, 01:20
"Napoli" himoyachisi Kim Min-Je top-klublar qiziqishlari doirasida.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, "Napoli" himoyachisi PSJning nazarida turibdi. Klub vakili Luish Kampush futbolchining menejeri bilan gaplashib ko'rgan, biroq kelishuvlar amalga oshmagan.

Qayd etilishicha, futbolchi APLda o'ynashni istamoqda. Unga Angliyadan "Manchester Yunayted" va "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bor. Mersisayd klubi esa koreyalik borasida so'rovnoma ham yuborgan.

Ushbu mavsumda 26 yoshli himoyachi A Seriyada 33 o'yinda qatnashib, 2 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport