“PSJ” va “Manchester Siti”ni Evrokuboklardan chetlatishga chaqirishyapti

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 00:32
La Liga prezidenti Xaver Tebas moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan “PSJ” va “Manchester Siti” klublarini Evrokuboklardan chetlatishga chaqirdi.

“Hech kimga sir emas, so'nggi besh yilda “PSJ” va “Manchester Siti” transfer bozorida eng faol bo'lgan hamda futbolchilarni sotib olish uchun eng ko'p pul sarflagan jamoalar hisoblanadi. Bu klublarning real kundagi daromadi bunday xaridlarni amalga oshirish uchun yetmaydi.

Ular davlatga bog'langan homiylarning bozor narxiga to'g'ri kelmaydigan pullari evaziga o'z savdolarini amalga oshiryaptilar. Nima uchun, bunday firibgarlik yo'li bilan ish ko'rayotgan klublarni Evrokuboklardan chetlatmaslik kerak”, - dedi Tebasa.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe