
Bahs boshlanishidan oldin translyatsiya ustida ishlayotganlar ikki jamoa tarkiblarini ko'rsata boshlashdi. Navbat "Tuluza" himoyachilariga kelganida "qovun tushdi". Himoyachilardan biri - Issa Diopning surati ko'rsatilmadi va uning surati o'rniga "Fantomas" filmidagi Fantomas qahramoniga o'xshash standart maniken namoyish etildi.

Taxminimizga ko'ra, futbolchi har mavsum oldidan o'tkaziladigan TV translyatsiyalari uchun fotosessiya va video suratga olish jarayonida ishtirok etmagan. Issa Diop 2015 yildan beri "Tuluza" sharafini himoya qiladi.