PSJ tibbiy xizmati Ramos va Mbappe haqida ma'lumot berdi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2022, 08:30
PSJni Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Real”ga qarshi to'qnashuv ketmoqda.

Parijliklar tibbiy xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, Serxio Ramos hamda Ander Errera Madriddagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Ramos hafta oxiriga qadar individual mashg'ulotlarda qatnashadi. Errera ham yakka tartibda shug'ullanmoqda, u ham tez orada jamoaga qo'shiladi.

O'yindan oldingi mashg'ulotlar vaqtida jarohat olgan Kilian Mbappe esa shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Klinik tekshiruvlar uning tiklanishi ijobiy kechayotganini ko'rsatdi. Yakuniy qaror esa bugun, 8 mart kuni qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr