PSJ Solerni La Ligaga qo'yib yubormaydi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2023, 18:23
Parijliklar yarim himoyachi Karlos Solerning transferiga to'sqinlik qiladi.

Futbolchiga "Betis", "Sevilya" va "Valensiya" klublari qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik futbolchi asosiy tarkib futbolchisi emasligiga qaramay, Parijda uni qadrlashadi.

Soler PSJda 2022 yilning sentyabridan buyon o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Xavbek joriy mavsum Liga 1 va Chempionlar Ligasida 14 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali 26 yoshli ispaniyalik futbolchini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News