PSJ qiziqarli taklif bo'lsa, Neymarni sotishga tayyor

Alisher
13 mar 2022, 18:24
PSJ hujumchisi Neymar francuz klubidan ketishi mumkin.

Parijliklar agar yaxshi taklif kelib tushsa, 30 yoshli braziliyalikni ushlab turmoqchi emaslar.

Shu bilan birga, Neymarning yuqori maoshi har qanday qiziquvchi klubni cho'chitadi.

PSJ o'yinchiga tikilgan 222 million evroni hech kim to'lamasligini tushunadi, ammo braziliyalik uchun 100 million evroga yaqin pul olishni xohlaydi.

Futbolchi joriy mavsum PSJ tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/julienmaynard