PSJ prezidenti Messining transferi haqida: “Barselona”ni hurmat qilamiz va bu haqda bugun gaplasholmaymiz”

Eldor Akmurzayev
10 dek 2020, 19:35
Parijliklar rahbari Nosir Al Xelayfi “Barselona” sardori Lionel Messining ehtimoli transferi haqida fikr bildirdi.

“Bilasimzi, biz boshqa klublarni hurmat qilamiz va boshqa klublar ham bizni hurmat qilishlarini xohlaymiz. Men uchun Messi “Barselona” futbolchisi. “Barselona”ni hurmat qilamiz. Bugun esa bu haqda gaplasha olmaymiz”, deydi Al Xelayfi.

Avvalroq, ESPN Messi faoliyatini PSJda davom ettirishi haqida xabar bergandi. Shuningdek, parijliklar forvardi Neymar ham keyingi yil sobiq jamoadoshi bilan birga o'ynashni istashini aytgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC