PSJning navbatdagi nishoni aniq - Miralem Pyanich

28 mar 2018, 23:58
“Yuventus” a'zosi Parij klubi qiziqishlari doirasida.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, PSJ “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichni nishonga oldi. Parijliklar maydon markazini mustahkamlamoqchi, shu boisdan Miralemni jamoaga olib kelishga qiziqib qoldi. PSJ rahbariyati yarim himoyachini yiliga 8 mln evrolik maosh bilan o'z tomonlariga og'dirib olishga harakat qiladi. Pyanich hozirda “Yuve”da yiliga 4,5 mln evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport