

PSJ matbuot xizmati xabariga ko'ra, Verattining jarohati jiddiy emas. 26 yoshli futbolchi hozirda jarohatdan tuzalgan va YCHL 1/8 finalida o'rin olgan “Manchester Yunayted”ga (12 fevral) qarshi o'yinga tayyor. Shuningdek, u Fransiya chempionati doiraisda “Bordo”ga qarshi o'yinda (9 fevral) maydonga tushishi mumkin.
Shuningdek, PSJ tarkibiga Leyvin Kurzava ham jarohatdan tuzalib qaytdi.



