PSJ muxlislari klub qarorgohi yonida Messini haqoratlab, namoyish o'tkazishmoqda

Administrator
3 may 2023, 23:03
Ular klub prezidentidan iste'fo ham talab qilishmoqda.

PSJ klubining bir necha yuz nafar muxlisi klub ofisi yonida norozilik namoyishini o'tkazishmoqda. Norozilik akciyasini o'tkazishdan maqsad klubni tizimli va aql bilan boshqarishga o'tishdir.

Norozi muxlislar klub prezidenti Nosir Al-Helayfining iste'fosini talab qilishmoqda. Shu bilan birga, muxlislar Neymar, Messi va Verrattilarni jamoadan ketishini istashmoqda. 

Collectif Ultras Paris, yani klubning sodiq muxlislar jamoasi rahbari quyidagi so'zlarni keltirgan:

"Bu kemada kapitan yo'q. Biz klub prezidentidan muhimroq ishlar bilan shug'ullanishini va istagan paytimiz biz bilan uchrashishini xohlaymiz. 

Bu futbolchilar bizni yil davomida sharmanda qilib kelishmoqda", -deydi Collectif Ultras Paris yetakchisi Romen Mabil.

Ushbu namoyishga kelgan yuzlab muxlislar "Messi engiltak ayolning bolasi", - deya baqirayotgani aks etgan video ham hozirda ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yuribdi.

Eslatib o'tamiz, Leo Messining Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi ortidan klub uni o'yin va mashg'ulotlardan chetlashtirgandi. Bugun esa Messi allaqachon klubdan ketishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport