PSJ Messiga APLdan o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022, 11:57
"Pari Sen-Jermen" klubi "Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Fransiya klubi kelasi yozda futbolchini sotib olishi mumkin. Parijliklar portugaliyalik futbolchini "Barselona"ga qaytishi mumkin bo'lgan argentinalik hujumchi Lionel Messiga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

28 yoshli Silva joriy mavsum "Manchester Siti" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes