PSJ Messi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor

Aslanov Jasurbek
5 avg 2021
Messiga darrov xaridor topildi.

Lionel Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolamaganidan so'ng, PSJ tezda ishga kirishdi. Bu haqida taniqli jurnalist, Nikola Skira xabar qildi.

PSJ egasi Tamim bin Xamad Al-Tani Messi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, Messi 2000 yildan beri "Barselona"da edi. 2003 yildan asosiy jamoada harakat qilib kelgan hujumchi, "Barsa" bilan 10 marta Ispaniya chempionligi, 7 marta Ispaniya kubogi va Superkubogi, 4 marta CHL, 3 martadan esa Yevropa Superkubogi va Klublar o'rtasida Jahon chehmpionligi sovriniga ega bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira