PSJ Mbappening o'rniga uchta futbolchidan birini sotib oladi

Khoja
16 fev 2024, 09:06
Kecha Kilian Mbappe PSJni yozda tark etishi ma'lum bo'ldi.

Parijliklar yozda yetakchisini o'rnini bosish uchun uchta futbolchi bilan muzokara olib bormoqchi. PSJ “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen, “Manchester Yunayted”dan Markus Rashford yoki “Milan”dan Rafael Leauni Mbappega o'rinbosar sifatida qarashmoqda.

Nomlari keltirilgan barcha futbolchilarning transferi parijliklarga 150 million evro atrofida tushishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com