

Manbaning xabariga ko'ra, Fransiya chempionlari futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. Parij sardoriga uchta klub qiziqish bildirmoqda va ular ichida "Al Nassr" ham bor. Rudi Galettining ma'lum qilishicha, Markinos Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralarga rozi va arablar unga shartnoma jo'natishgan.
Himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallanganiga qaramay, Mbappeni qo'llab-quvvatlagani uchun PSJ himoyachini sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



