PSJ koronavirus sabab 11 fevralgacha bazasini yopdi

Aziz Tukhtamuradov
6 fev 2021, 09:41
Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lumot tarqatdi.

Baza kamida 11 fevralgacha yopiq bo'ladi. U yerda sanitarik tozalash ishlari o'tkaziladi. 

Gap shundaki, o'tkazilgan tekshiruv natijalariga ko'ra, klubning U-17 va U-19 jamoalarida koronavirus bilan bog'lik 9 ta holat aniqlangan. 

11 fevral kuni klub futbolchilari yana COVID-19 uchun test topshirishadi. Ushbu test natijalariga qarab, baza ochilishi bo'yicha yangi qaror e'lon qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif