

"Malorka" yarim himoyachisi Li Kan In PSJ bilan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Endi parijliklar futbolchining transferi borasida "qizil-qoralar" bilan muzokara olib borishi lozim. Klublar to'liq kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Koreyalik futbolchi 2021 yildan buyon "Malorka"da to'p tepadi. 22 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Oldinroq PSJ "Kristal Pelas" vingeri Zaa bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



