“PSJ” Kontening agenti bilan muzokaralarni boshladi

25 mar 2018, 02:02
“PSJ” rahbariyati “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Kontening vakili bilan muzokarani boshladi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Parijliklar yozda italiyalik mutaxassisni jamoani boshqarishga taklif etishmoqchi.

Unai Emeri o'rniga aynan Konte asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Umuman “PSJ”ni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar ruyxatida Joze Mourinyo, Diego Simone va Massimilano Allegri nomzodlari ham bor.

Xabar qilinishicha, “PSJ” Konte uchun yiliga 11,5 million evro (10 million funt-sterling) maosh taklif etmoqchi. “Chelsi” da u yiliga 9,5 million funt ishlab topadi.



Manba: The Guardian