PSJ Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
30 may 2024, 10:55
PSJ Inter hujumchisi Lautaro Martines vakillari bilan aloqaga chiqdi.

Uchrashuv kecha bo'lib o'tgan va tomonlar o'zaro shartnoma bo'yicha ilk muzokaralarni olib borishgan. Fransiya klubi milanliklar sardori uchun 100 million evrodan ziyodroq pul to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Lautaro o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. U yakunlangan mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Uning Inter bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 110 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com