"PSJ ham xuddi "Milan" singari katta oila" - Donnarumma

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023, 12:57
Italiyalik futbolchi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma YCHL 3-turi doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yindan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi. Italiyalik futbolchi avvalroq "rossoneri"da o'ynagan.

"Bu hissiyotlarga boy o'yin bo'ladi. Yana "Milan"ga qarshi o'ynash boshqacha tuyg'ular taqdim etadi. Bu alohida ahamiyatga ega o'yindir. Men his-tuyg'ularimni bir chetga surib, bor e'tiborimni o'yinga qaratishim kerak.

Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. PSJ ham xuddi "Milan" singari katta oila. "Milan"da ajoyib 8 yilni o'tkazdim. Menga bergan hamma narsa uchun klubdan minnatdorman, ammo Parijda o'zimni yaxshi his etyapman. Bu yerda aql bovar qilmaydigan muhit hukm surmoqda", – dedi futbolchi.

PSJ – "Milan" uchrashuvi bugun 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport