PSJ futbolchisini Turkiya jamoasi sotib oldi

Khoja
1 avg 2025, 09:34
"Fenerbaxche" PSJ himoyachisi Milan Shkrinyarni to'liq sotib oldi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida harakat qilgan slovakiyalik himoyachi Istanbul jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. PSJ himoyachi uchun Turkiya jamoasidan 10 million evro oladi.

Ma'lumot uchun, Milan Shkrinyar yarim mavsum davomida Turkiya klubida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com