

40 yoshli murabbiy ayni paytda hech qaysi klubda ishlamayapti. Uning so'nggi ish joyi Odil Ahmedov o'ynayotgan Shanxay SIPG klubi bo'lgandi.
PSJ Villash-Boashni Unai Emerining o'rniga olib kelishni rejalashtirmoqda. Klub sport direktori Anteru Enrike Boashning rejalaridan xabardor bo'lib turibdi.
Villash-Boash Yevropa futboliga qaytmoqchi. Oldinroq u Portu, Chelsi va Tottenxem klublarida ishlagan. Anteru Enrike va Villash-Boash Portuda birga ishlashgan.




