

Darvozabon va klub 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha hali kelisha olmadi. Jurnalist Sasha Tavoleri xabariga ko'ra, bu haftada italiyalikning ketish masalasi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilish uchun uchrashuv bo'lib o'tadi.
Takidlanishicha, PSJ Donnarummaga to'siqlar yaratmaydi va xorijiy klublar bilan muzokaralarga ochiq. Katta qiziqish bildirayotgan klublar orasida "Chelsi" va "Galatasaroy" ko'rsatilmoqda, xabarlarga ko'ra, turk klubi allaqachon o'yinchiga taklif yuborgan.



